AQSh davlat kotibi: Vashington Ukrainadagi mojaroni tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor

May 26, 2026. 19:13 • 3 daq

82
AQSh davlat kotibi: Vashington Ukrainadagi mojaroni tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor
“Reuters” agentligi surati

VASHINGTON, 26-may. /“Dunyo” AA/. AQSh davlat kotibi Marko Rubioning taʼkidlashicha, AQSh Ukrainadagi urushni tugatish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.

Diplomat 26-may kuni Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqotiga izoh berar ekan, “Rossiya tomonining so‘zlariga ko‘ra, bo‘lajak zarbalar tufayli Kiyev juda xavfli joyga aylanadi”, – dedi.

Marko Rubioning qayd etishicha, Rossiya bunday xabarni Ukraina poytaxtining barcha diplomatik vakolatxonalariga yuborgan, biroq “Vladimir Putin Sergey Lavrov buni bevosita prezident Donald Trampga yetkazishini xohlagani aniq”.

“Men hozirda Ukraina bilan faol yoki rejalashtirilgan muzokaralar yo‘qligini, ammo agar shunday imkoniyat tug‘ilsa, AQSh har doim konstruktiv va foydali rol o‘ynashga tayyor ekanini aytdim”, – dedi davlat kotibi.

U, shuningdek, 24 mayga o‘tar kechasi Rossiyaning Kiyevga hujumiga izoh berdi.

“Har safar siz u yoki bu tomondan bu yirik zarbalarni ko‘rganingizda, bu nima uchun Ikkinchi jahon urushidan uzoqroq davom etayotgan dahshatli urush ekanini va u tugashi kerakligini eslatib turadi. AQSh bu urushning tugashiga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor. Umid qilamanki, qachondir biz yana shunday imkoniyatga ega bo‘lamiz”, – dedi diplomat.

25-may kuni kechqurun Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning topshirig‘iga binoan Marko Rubio bilan qo‘ng‘iroq qilganini maʼlum qildi. Suhbat chog‘ida Rossiya TIV vaziri Rossiya armiyasi “UQK ehtiyojlari uchun foydalaniladigan Kiyevda joylashgan obyektlarga va tegishli qarorlarni qabul qilish markazlariga tizimli va izchil zarbalar berishni boshlayotganini” aytdi.

Bundan tashqari, rossiyalik diplomat Rossiya Tashqi ishlar vazirligining AQSh va Kiyevda vakolatxonalari bo‘lgan boshqa davlatlarga “o‘z diplomatik xodimlari va boshqa fuqarolarini Ukraina poytaxtidan evakuatsiya qilishni taʼminlash tavsiya etilgani” haqidagi bayonotiga eʼtibor qaratdi.

Bunga javoban Yevropa Ittifoqining Ukrainadagi elchisi Katerina Maternova “Yevropa Ittifoqi hech qayerga ketmayotganini” aytdi. “Biz Kiyevda qolamiz. Biz Ukraina bilan qolamiz”, – dedi u.

Polsha Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, mamlakat diplomatik vakolatxonalariga har qanday hujumlar “oldindan rejalashtirilgan va qasddan qilingan” deb hisoblanishini aytdi. Fransiya Tashqi ishlar vazirligi ham Rossiyaning chaqirig‘ini rad etib, bu qadamni “qo‘rqitish” deb atadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish