O‘zbekiston Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Sentabr 24, 2026. 10:00 • 57 soniya

300
O‘zbekiston Vanuatu bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

NYU-YORK, 24-sentabr. /“Dunyo” AA/. 2026-yil 22-sentabr kuni Nyu-York shahrida O‘zbekiston va Vanuatu Respublikalari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Ikki davlat hukumatlari nomidan mazkur hujjatni O‘zbekistonning BMT huzuridagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Vanuatuning BMT huzuridagi missiyasi rahbari Odo Tevi imzoladi.

Suhbat davomida mamlakatlar o‘rtasida xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashtirilgan muassasalari doirasida yaqin hamkorlikni mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur hujjatning imzolanishi O‘zbekistonning Tinch okeani mintaqasi davlatlari bilan diplomatik hamkorligini kengaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yil 22-aprel kuni mamlakatimizning Nyu-York shahridagi BMT huzuridagi Doimiy vakolatxonasida O‘zbekiston va Gvineya-Bisau o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolangan.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish