O‘zbekiston delegatsiyasi Minskda yosh vatandoshlar bilan uchrashdi
Iyun 09, 2026. 20:33 • 1 daq
• 51
MINSK, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasi Belarusda faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston yoshlari kengashi rahbarlari va faollari bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan muloqot chog‘ida xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, mehnat faoliyati va ijtimoiy moslashuv bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Tomonlar Belarusda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasini rag‘batlantirish muhimligini ta’kidladi.
Uchrashuv ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi, shuningdek, yoshlar harakatini yanada rivojlantirish va vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash yuzasidan qator taklif va tashabbuslarni bildirdi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi