O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi BMTTD doimiy vakili bilan uchrashdi
Iyun 08, 2026. 21:55 • 59 soniya
• 138
TOSHKЕNT, 8-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova bugun BMT Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakili Akiko Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi hamda zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish, konsullik xizmatlarini takomillashtirish va innovatsion texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi.
“Dunyo” AA olgan surat
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi