O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Minskda Belarus ta’lim vaziri bilan uchrashdi
Iyun 09, 2026. 20:12 • 56 soniya
• 46
TOSHKENT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev Minskda Belarus ta’lim vaziri Andrey Ivanets bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muloqot davomida ta’lim sohasidagi O‘zbekiston–Belarus hamkorligining dolzarb masalalari va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar mehnat bozori talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash, ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribani o‘rganish va kadrlar salohiyatini yuksaltirish masalalarida o‘zaro hamkorlikni yana-da faollashtirish muhimligini qayd etdi.
Shuningdek, Belarus ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan shart-sharoitlar va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi