Logo

Berlin markazida O‘zbekiston savdo uyi ish boshladi

Dekabr 08, 2025. 15:07 • 2 daq

476

BERLIN, 9-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va mamlakatimizning Germaniyadagi elchixonasi tomonidan Berlinda yurtimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlar uchun “UZ Trade House Germany GmbH” birinchi savdo uyining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Germaniyalik ishbilarmonlar tashabbusi va ko‘magida tashkil etilgan shou-rumda Bundestag aʼzolari, iqtisodiy kompaniyalar va ishbilarmon doiralar vakillari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi.

Savdo uyi Berlin shahrining tashrif qog‘ozi sanalgan mashhur Brandenburger Tor (Brandenburg darvozasi) yonidagi muhtasham “Adlon” mehmonxonasi binosida faoliyat yuritadi. Uning peshtaxtalarida O‘zbekiston to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika va boshqa sanoat tarmoqlarining eksportbop mahsulotlari doimiy ravishda namoyish etiladi.

Mamlakatimiz elchisi Dilshod Axatov ochilish marosimida so‘zga chiqib, Berlin markazida ochilgan “UZ Trade House Germany GmbH” savdo uyiga O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Germaniyadagi rasmiy hamkori maqomi berilganini taʼkidladi. U bu savdo uyi ochilishida jonbozlik ko‘rsatgan nemis tadbirkorlariga minnatdorlik bildirib, yangi platforma Germaniya bozorida yurtimizda ishlab chiqarilgan turli mahsulotlar va xomashyolar eksportini kengaytirishga xizmat qilishini qayd etdi.

Shuningdek, Germaniya Bundestagi deputati, parlamentning iqtisodiyot va energetika qo‘mitasi aʼzosi Saskia Lyudvig, “UZ Trade House Germany” savdo uyi rahbari Jon Bakos, Germaniya kichik va o‘rta biznes federal uyushmasi rahbari Andreas Yan so‘zga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan izchil va samarador islohotlar tufayli yurtimiz iqtisodiy va savdo salohiyati yuksalib borayotgani, natijada yevropalik tadbirkorlar qatorida nemis kompaniyalarining mamlakatimiz bilan hamkorlikka qiziqishi ortayotganini taʼkidladi. Aynan Germaniya poytaxtining markazida O‘zbekiston savdo uyining ochilishi buning amaldagi isboti ekanini eʼtirof etdi.

O‘zbekiston savdo uyi “Made in Uzbekistan” brendi ostida ishlab chiqarilgan to‘qimachilik, yengil sanoat, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika va boshqa soha mahsulotlarini Germaniya bozoriga yetkazib berishda o‘zbek va nemis kompaniyalari orasida o‘ziga xos ko‘prik vazifasini bajaradi hamda ikki mamlakat biznes vakillari o‘rtasida hamkorlik o‘rnatishga ko‘maklashadi.  

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish