Namangan bir oy davomida jami 29 million 406 ming 384 dona gul ekishga muvaffaq bo‘ldi
May 24, 2026. 14:25 • 2 daq
• 69
NAMANGAN, 24-may. /“Dunyo” AA/. Namangandagi Xalqaro gullar festivali doirasida ommaviy gul ekish aksiyasi “Guinness World Records” tashkiloti tomonidan rasman jahon rekordi sifatida eʼtirof etilishi yuzasidan bugun Ginnes jahon rekordlar kitobi rasmiy vakili va hakami Sheyda Subashi “Dunyo” AA muxbiriga o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi:
– 2026-yil 24-may kuni bir oy davomida jamoa tomonidan eng ko‘p gul ekish nominatsiyasi bo‘yicha Ginnes jahon rekordlar kitobiga kiritish uchun amalga oshirilgan urinish natijalarini rasman eʼlon qildik.
Ushbu rekordni qo‘lga kiritish uchun “Guinness World Records” tashkiloti tomonidan belgilangan xalqaro talab va qoidalarga to‘liq amal qilinishi zarur edi.
Avvalo, mazkur rekord bir oy davomida aynan tanlab olingan bir hududning o‘zida jamoa tomonidan ekilgan eng ko‘p gul soni asosida belgilandi. Ikkinchidan, gullarning to‘g‘ri ekilishi uchun yetarli yorug‘lik, joy va tuproq sharoiti mavjud bo‘lishi shart edi. Uchinchidan, har bir gul alohida ekilishi, yaʼni har bir kovakka bittadan gul ko‘chati joylashtirilishi lozim bo‘ldi. Shuningdek, ekish jarayonida texnik vositalar va maxsus uskunalardan foydalanishga ruxsat etilmadi.
30 kun davomida har kuni ekilgan gullar bo‘yicha batafsil ro‘yxatlar va tegishli maʼlumotlar menga ko‘rib chiqish uchun taqdim etildi. Barcha dalillar va hujjatlarni sinchiklab o‘rganib chiqqanimdan so‘ng, yakuniy xulosaga keldim.
Mazkur rekord urinishi Namangan viloyati hokimligi tomonidan yuksak saviyada, hamjihatlik bilan amalga oshirildi. Yuqori darajadagi hamjihatlik va umumiy maqsad yo‘lida birlashgan saʼy-harakatlar natijasida Namangan yana-da go‘zallik va nafosat maskaniga aylandi. Bugun bu gullar nafaqat go‘zallik, balki birlik, hamjihatlik va yuksak natijaning yorqin ramzi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Rasmiy natija haqida gapiradigan bo‘lsam, Ginnes jahon rekordlari tashkiloti tomonidan belgilangan minimal talab – bir million dona gul ko‘chati ekish edi. Namangan viloyati hokimligi esa bir oy davomida tanlab olingan bir hududning o‘zida jami 29 million 406 ming 384 dona gul ekishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natija – yangi Ginnes jahon rekordi yutug‘i hamda ulkan muvaffaqiyatdir.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Manuel Fik: AQSH va O‘zbekiston hamkorligida ishchilar uchun qishloq xo‘jaligi sohasida yangi imkoniyatlar ochilmoqda

Luka Brondello: O‘zbekistonlik mutaxassislar uchun Italiya qishloq xo‘jaligida ishlash imkoni yaratilmoqda


