Logo

Pokiston OAV: 2017–2025 yillarda O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,7 barobarga oshdi

Fevral 20, 2026. 11:52 • 3 daq

131
Pokiston OAV: 2017–2025 yillarda O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,7 barobarga oshdi
Pokiston OAV: 2017–2025 yillarda O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,7 barobarga oshdi
Pokiston OAV: 2017–2025 yillarda O‘zbekiston–AQSh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,7 barobarga oshdi

ISLOMOBOD, 20-fevral. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “DNA News”, “Islamabad Post”, “Sub News”, “Sentreline”, “Pakistan Today”, “The gulf Observer”, “The World News”, “Media Online Today”, “Diplomats World”, “News Network Pakistan” va boshqa yetakchi OAVda “Infografika: O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik” sarlavhali maqolalar eʼlon qilindi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Materialda maʼlum qilinganidek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoan shu yilning 17–19 fevral kunlari Tinchlik kengashining dastlabki yig‘ilishida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Vashington shahriga borga bordi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (Markaz) tomonidan O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi so‘nggi 9 yildagi savdo-iqtisodiy va investitsion hamkorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha infografika tayyorlandi.

Taʼkidlanishicha, O‘zbekiston Prezidenti ikki tomonlama O‘zbekiston–AQSh hamkorligini kengaytirish, BMT tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida AQShga bir necha bor amaliy tashriflar bilan borgan. Davlat rahbarining AQShga birinchi rasmiy tashrifi AQSh Prezidentining taklifiga binoan 2018-yil 15–17-may kunlari bo‘lib o‘tgan. Tashrif doirasida Oq uy, Kongress va Pentagonda muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston–AQSh munosabatlarini rivojlantirishning yangi bosqichiga asos solgan muhim kelishuvlar imzolangan.

Pokiston OAV yozganidek, so‘nggi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi muloqot ikki tomonlama uchrashuvlar hamda mintaqaviy tashabbuslar, jumladan “S5+1” formati doirasida izchil rivojlandi.

“2025-yil 20–24-sentyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisining Nyu-York shahriga amaliy tashrifi bo‘lib o‘tdi. Tashrif doirasida O‘zbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasi 80-sessiyasida ishtirok etdi. Tashrifning markaziy voqeasi davlat rahbarining AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvi bo‘ldi. Ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston–Amerika strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha kelishib oldilar”, – deyilgan materiallarda.

Ikki tomonlama davlatlararo munosabatlarni savdo-iqtisodiy va turizm sohalarida yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, O‘zbekiston Prezidentning 2025-yil 3-noyabrdagi Farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga kirishda vizasiz rejim joriy etildi.

Qayd etilishicha, mamlakatlar o‘rtasida savdoda eng ko‘p qulaylik yaratish rejimi amal qiladi.

“2017–2025-yillar davomida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4,7 barobarga oshib, 215 million dollardan 1 milliarda dollarga yetdi. Eksport hajmi 9,1 barobarga o‘sib, 32,1 million dollardan 291,7 million dollarga, import esa 3,9 barobarga oshib, 182,9 million dollardan 712,3 million dollarga yetdi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston tashqi savdosida AQSh ulushi ham o‘sdi: umumiy tovar ayirboshlash hajmida 0,8 foizdan 1,2 foizga, eksportda 0,3 foizdan 0,9 foizga, importda esa 1,3 foizdan 1,5 foizga ko‘tarildi”, –deyilgan manbalarda.

Investitsiyaviy hamkorlik 2026-yil 1 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda AQSh kapitali ishtirokidagi 346 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar umumiy sonining taxminan 2 foizini tashkil etadi. Shundan 146 tasi qo‘shma korxonalar, 200 tasi esa AQSh kapitali ishtirokidagi xorijiy korxonalar hisoblanadi.

“So‘nggi 9 yilda AQShdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmi qariyb 64 barobarga oshib, 2017-yildagi 8,6 million dollardan 2025-yilda 383,2 million dollarga yetdi. 2017–2025-yillarda AQShdan O‘zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarning jami hajmi 2,9 milliard dollardan oshdi”, – qayd etiladi maqolalarda.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish