“The Times of Central Asia”: O‘zbekiston aksiyalari London va Toshkent birjasida joylashtirildi
May 24, 2026. 14:25 • 2 daq
• 78
BISHKEK, 24-may /“Dunyo” AA/. Qirg‘izistonda chop etiladigan “The Times of Central Asia” nashrida O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi aksiyalari bir vaqtning o‘zida London va Toshkent fond birjalarida joylashtirilgani haqida maqola eʼlon qilindi.
Nashrning taʼkidlashicha, bu holat mamlakatning jahon kapital bozorlariga yana-da chuqur integratsiyalashayotgani va investitsiya muhitini liberallashtirayotganini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasining 31 foiz aksiyasi xalqaro va mahalliy investorlarga taklif qilingan. Natijada, 603,6 million dollar mablag‘ jalb etilgan. Agar qo‘shimcha joylashtirish to‘liq amalga oshsa, umumiy mablag‘ 692 million dollargacha yetishi mumkin. Jamg‘armaning umumiy qiymati esa taxminan 1,95 milliard dollar deb baholangan.
IPOga investorlar tomonidan katta qiziqish bildirilgan bo‘lib, umumiy talab 2,8 milliard dollardan oshgan. Bu O‘zbekiston iqtisodiyoti va islohotlarga bo‘lgan ishonch ortib borayotganini anglatadi.
Joylashtirish jarayonini “Franklin Templeton” kompaniyasi boshqargan. Investorlar orasida “BlackRock”, “Franklin Resources” va “Redwheel” kabi yirik xalqaro fondlar ham bor. Aksiyalar O‘zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sotilgan va tushum davlat byudjetiga yo‘naltiriladi.
Maqolada yozilishicha, so‘nggi yillarda O‘zbekiston xalqaro investorlar uchun yana-da ochiq va ishonchli mamlakatga aylanmoqda. Iqtisodiyot hajmi sezilarli o‘sgan, korporativ boshqaruv va investorlar huquqlarini himoya qilish tizimi ham yaxshilangan.
Tahlilchilar fikricha, aksiyalarning ikki birjada bir vaqtda joylashtirilishi O‘zbekistonning jahon moliya tizimiga integratsiyasida muhim qadam bo‘ldi. Bu kelgusidagi xususiylashtirish jarayonlari uchun ham muhim tajriba hisoblanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

“Eurasia Magazine”: Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temir yo‘li mintaqaviy savdoni yangi bosqichga chiqarmoqda



