Buyuk Britaniyada “O‘zbek madaniyati elchisi” tayinlandi
Fevral 12, 2026. 13:37 • 39 soniya
• 69
LONDON, 12-fevral. /“Dunyo” AA/. London shahrida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan taʼsis etilgan “O‘zbek madaniyati elchisi” ko‘krak nishoni va tegishli sertifikatni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Ushbu yuksak mukofotga taniqli sanʼatshunos olima, Buyuk Britaniyada istiqomat qilayotgan vatandoshimiz Shaxina Mirjonova sazovor bo‘ldi.
Marosimda uning anʼanaviy sanʼat va zamonaviy dizaynni o‘zida mujassam etgan o‘zbek milliy madaniyatini xalqaro maydonda targ‘ib etish borasidagi faoliyatiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekistonning boy madaniy merosini Buyuk Britaniya jamoatchiligi o‘rtasida keng yoyish borasidagi samarali faoliyati alohida eʼtirof etildi.
Faxriy unvon vatandoshimiz tomonidan ko‘p yillar davomida amalga oshirib kelinayotgan ijodiy va targ‘ibot ishlariga yuksak baho sifatida hamda yurtimiz madaniyati va sanʼatini xorijda munosib targ‘ib etishga qo‘shgan hissasi uchun taqdim etildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi
