O‘zbekiston va Belarus delegatsiyalari mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish hamda ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish masalalarini muhokama qildi

Iyun 09, 2026. 19:56 • 2 daq

20

TOSHKENT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Minsk shahrida O‘zbekiston va Belarus tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida konsullik masalalari bo‘yicha maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Olimjon Abdullayev, Belarus delegatsiyasiga esa tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yevgeniy Shestakov boshchilik qildi.

Maslahatlashuvlarda O‘zbekiston Migratsiya agentligi, Belarus Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Belarus Ichki ishlar vazirligining Fuqarolik va migratsiya departamenti vakillari qatnashdi.

Tomonlar konsullik sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari, mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, shartnomaviy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish istiqbollarini muhokama qildi.

Uchrashuv davomida mehnat migratsiyasi sohasida amaliy hamkorlikni kengaytirish, fuqarolar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda migratsiya jarayonlarini samarali boshqarishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish