“The Nation” gazetasi: O‘zbekistondagi ilk AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berildi
Iyun 09, 2026. 11:25 • 2 daq
• 2
ISLOMOBOD, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Pokistonning “The Nation” nafuzli gazetasida O‘zbekistonda AESning birinchi energiya bloki qurilishiga start berilgani haqida maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Maqolada O‘zbekiston va Rossiya Prezidentlari mamlakatimizda integratsiyalashgan atom elektr stansiyasining birinchi energiya blokini qurish ishlariga start bergani keng yoritilgan.
Ushbu yirik loyiha O‘zbekiston Prezidentining Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan 29-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumidagi ishtiroki doirasida amalga oshirilgani qayd etilgan.
“Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinga ushbu loyihani ro‘yobga chiqarishni qo‘llab-quvvatlagani va ko‘rsatilgan e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini barpo etishda ishtirok etayotgan ikki davlat mutaxassislariga birgalikdagi sa’y-harakatlari hamda yuksak professionalligi uchun alohida tashakkur izhor etildi”, – deya bayon etilgan materialda.
Pokiston nashri yozilishicha, mazkur loyihaning amalga oshirilishi O‘zbekistonning texnologik, industrial va ilmiy taraqqiyotida yangi bosqichni boshlab berib, yangi tarmoq – atom energetikasini rivojlantirish uchun mustahkam zamin yaratadi. Loyiha kichik modulli atom generatsiyasi hamda yirik hajmli energetika sohasidagi eng so‘nggi yutuqlarni o‘zida mujassam etgan.
Gazetada ushbu ulkan loyihaning amalga oshirilishi va uning natijalari O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi ta’kidlangan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi