Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma ish rejasi imzolandi

Iyun 09, 2026. 17:25 • 2 daq

89
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma ish rejasi imzolandi

TOSHKЕNT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Bugun Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan BMTning Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha vakili Maxir Safarli o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tomonlar o‘zaro muloqot asnosida qochoqlar, boshpana izlovchi shaxslar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari haqida fikrlashdilar. Shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi bilan BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi va BMT Qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissari Boshqarmasi o‘rtasida 2026-yilga mo‘ljallangan Qo‘shma ish rejasi imzolandi. Mazkur hujjatda kelgusi davr uchun hamkorlikdagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, aholi xabardorligini oshirish va salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, tegishli toifadagi shaxslar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro standartlarni ilgari surish belgilab olindi.

Tomonlar konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish va erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga tayyorligini bildirdilar.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish