Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

May 24, 2026. 12:55 • 47 soniya

42
Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

NAMANGAN, 24-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Namanganda ochilgan 65-Xalqaro gullar festivali doirasida ommaviy gul ekish aksiyasi “Guinness World Records” tashkiloti tomonidan rasman jahon rekordi sifatida eʼtirof etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bugun bu haqdagi sertifikatni Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy vakili va hakami Sheyda Subashi Namanganga topshirdi.

Namangan eng ko‘p gul ekish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatgan hudud sifatida tarixga kirdi.

Taʼkidlash joizki, Namanganning tashrif qog‘oziga aylangan Xalqaro gullar festivali bu yil 65-marta o‘tkazilib, ko‘plab xorijiy mehmonlar, xalqaro tashkilotlar vakillari va soha mutaxassislarini birlashtirdi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish