Stokgolmda O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiyadagi roli ko‘rib chiqildi

Iyun 09, 2026. 13:55 • 2 daq

3
Stokgolmda O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiyadagi roli ko‘rib chiqildi
Stokgolmda O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiyadagi roli ko‘rib chiqildi
Stokgolmda O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiyadagi roli ko‘rib chiqildi
Stokgolmda O‘zbekistonning mintaqaviy integratsiyadagi roli ko‘rib chiqildi

STOKGOLM, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Shvetsiya poytaxtida “Markaziy Osiyoga yangi nigoh: O‘zbekistonning transformatsion islohotlari va mintaqaning ortib borayotgan strategik ahamiyati” mavzusida xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev tadbirda asosiy ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqdi.

Seminarda “Shvetsiya – O‘zbekiston” parlamentlararo do‘stlik guruhi hamraisi Byorn Syoder, Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti direktori Svante Kornell, Shvetsiya Mudofaa tadqiqotlari agentligi direktorining ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha o‘rinbosari Yoxan Engvall hamda Shvetsiya parlamenti, Tashqi ishlar vazirligi, tahlil va ekspert doiralari, ilmiy muassasalar va diplomatik korpus vakillari qatnashdi.

Muhokamalar chog‘ida ishtirokchilar mintaqadagi transformatsiya jarayonlari, O‘zbekistonning o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashdagi o‘rni, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rtasida investitsiyalar, innovatsiyalar, energetika, transport-logistika aloqalari va akademik almashinuv sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini ko‘rib chiqdi.

Seminar yakunida tomonlar amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishdan hamda qo‘shma iqtisodiy, ta’limiy va gumanitar loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdor ekanini ta’kidladi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish