O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH davlat kotibi bilan uchrashdi
May 24, 2026. 14:55 • 59 soniya
• 9
DEHLI, 24-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Hindiston poytaxtida AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Nyu-Dehlida AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning Hindistonga tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan qabul marosimida ishtirok etdim, – deb yozdi bugun O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva o‘zining telegram-kanalida. – Amerikalik hamkorlar bilan savdoni kengaytirish va yangi investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha jonli muloqotimizni davom ettirish imkoniyatidan mamnunman” – dedi u.
AQSH Davlat departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, davlat kotibi Marko Rubioning 23–26-may kunlari Hindistonga tashrif bo‘lib o‘tmoqda. Maʼlum qilinishicha, Hindistonning yuqori martabali rasmiylari bilan uchrashuvlarda davlat kotibi energetika xavfsizligi, savdo va mudofaa sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Xitoydagi ko‘mir konida so‘nggi 16-yildagi eng yirik halokat oqibatida 90 ga yaqin kishi halok bo‘ldi



