Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi

May 24, 2026. 16:25 • 50 soniya

9
Tailandga 60 kunlik vizasiz kirish tartibi bekor qilindi

BANGKOK, 24-may. /“Dunyo” AA/. Tailand hukumati mamlakatga vizasiz kirish hamda chegarada viza berish (Visa on Arrival) tizimiga o‘zgartirish kiritish taklifini maʼqulladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatga muvofiq, 2024-yil 15-iyuldan boshlab 93 davlat, shu jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun Tailandga kirish uchun joriy etilgan 60 kunlik vizasiz tartib bekor qilinadi.

Ushbu Qaror mahalliy “Royal Gazette”da eʼlon qilingach, oradan 15 kun o‘tib amal qila boshlaydi. Eʼlon keyingi hafta berilishi kutilmoqda.

Yangi tartiblarga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ham Tailandga vizasiz kira olmaydi. Viza olish uchun thaievisa.go.th.  sayti orqali onlayn murojaat qilinadi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish