O‘zbekiston va O‘mon ijtimoiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytiradi
Iyun 09, 2026. 12:55 • 53 soniya
• 78
MASKAT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Ijtimoiy rivojlanish vaziri Laylo an-Najjor bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish, ko‘makka ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakunida O‘mon tomoni bilan ijtimoiy sohada yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishni faollashtirish, o‘zaro amaliy tashriflarni uyushtirish hamda qo‘shma malaka oshirish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi