O‘zbekistonlik tennischi xotin-qizlar o‘rtasidagi jahon tasnif jadvalida (WTA reytingi) kuchli yuzlikdan joy oldi
Iyun 09, 2026. 14:55 • 1 daq
• 58
MAKARSKA, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Xorvatiyaning Makarska shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida WTA-125 tasnifiga kiruvchi xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Milliy Olimpiya qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, nufuzli turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Mariya Timofeyeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Hamyurtimiz hal qiluvchi final bahsida latviyalik sportchi Darya Semenistayaga qarshi kortga chiqdi. Murosasiz kechgan uchrashuvda yurtdoshimiz raqibini 6:2, 6:3 hisobda ishonchli tarzda mag‘lub etishga erishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin o‘z hisobidagi ochkolarini yana 125 taga ko‘paytirib olgan tennischimiz xotin-qizlar o‘rtasidagi jahon tasnif jadvalida (WTA reytingi) bir yo‘la 27 pog‘ona yuqorilab, kuchli yuzlikdan joy oldi va 91-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi