O‘zbekiston–Xitoy investitsiya forumida yangi biznes loyihalar muhokama qilindi

Iyun 09, 2026. 20:08 • 2 daq

5
O‘zbekiston–Xitoy investitsiya forumida yangi biznes loyihalar muhokama qilindi
O‘zbekiston–Xitoy investitsiya forumida yangi biznes loyihalar muhokama qilindi
O‘zbekiston–Xitoy investitsiya forumida yangi biznes loyihalar muhokama qilindi

TOSHKENT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. Yurtimizning Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi hamda “Shanghai Landing Law” yuridik kompaniyasi hamkorligida O‘zbekiston–Xitoy investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirda ikki mamlakatning 100 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi. Xitoy tomonidan forumda “Shanghai Landing Law Offices” kompaniyasi rahbariyati, Gonkong maxsus ma’muriy hududi xodimlari hamda Sharqiy Xitoy siyosat va huquq universiteti vakillari ishtirok etdi.

Forumda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashdi. Toshkent shahar hokimiyati, Savdo-sanoat palatasi, Sharqiy Xitoy siyosat va huquq universiteti vakillari investitsiya yo‘nalishidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish bo‘yicha o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi.

Ishtirokchilar mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish, sanoat va qurilish sektorini rivojlantirish uchun chet el investitsiyalarini faol jalb etish borasidagi ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

“Shanghai Landing Law Offices” kompaniyasi direktori o‘rinbosari Van Chjanning fikricha, kompaniya O‘zbekistonda xitoylik investorlarga mahalliy qonunchilikka moslashish, xavflarni kamaytirish va ishonchli hamkorlarni topishda yordam beruvchi navigator va huquqiy kafil sifatida xizmat qiladi.

Toshkentdagi investitsiya forumi xususiy yuridik firmalar iqtisodiy diplomatiyaning drayverlari funksiyasini o‘z zimmasiga olayotgan xalqaro hamkorlikning yangi modelini namoyon etdi. Forum investitsiyalar, qurilish, sug‘urta va intellektual mulkni himoya qilish sohalarida ko‘plab muvaffaqiyatli qo‘shma loyihalar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi qayd etildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish