O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi

Noyabr 10, 2026. 12:30 • 58 soniya

• 74
O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi

SЕUL, 10-noyabrya. /«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chon Shik taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Seulga bordi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Parlamentimiz yuqori palatasi ma’lumotiga ko‘ra, tashrif doirasida Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri Cho Chon Shik, “Koreya – O‘zbekiston” parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha guruh raisi Kim Gyo Xin hamda qator davlat idoralari, ta’lim muassasalari va yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvlarda ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligini yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ta’lim, mehnat va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalarini, sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish nazarda tutilgan.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish