O‘zbekiston Prezidenti Filippin Prezidentiga Mindanao oroli sohillarida yuz bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Iyun 09, 2026. 09:55 • 57 soniya

143
O‘zbekiston Prezidenti Filippin Prezidentiga Mindanao oroli sohillarida yuz bergan zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

TOSHKЕNT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Filippin Prezidenti Ferdinand Markosga Mindanao orolining janubiy sohillarida yuz bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri davlatimiz rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning telegram-kanaliga tayanib.

“Davlatimiz rahbari qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jabrlanganlar tez orada shifo topishini tiladi”, - deyiladi xabarda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 8-iyun kuni Filippin janubida sodir bo‘lgan 7,8 magnitudali kuchli zilzila oqibatida kamida 35 kishi halok bo‘lib, yana 134 kishi jarohat olgan.

BBC portalidan olingan surat

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish