Namanganda 65-Xalqaro gullar festivali boshlandi
May 24, 2026. 11:25 • 48 soniya
• 146NAMANGAN, 24-may. /“Dunyo” AA/. Bugun Namanganda 65-Xalqaro gullar festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbirlari gullar poytaxtidan.
Bu galgi yubiley xalqaro gullar bayramida boshqa mamlakatlar delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, turli soha mutaxassislari hamda yurtimiz aholisi va xorijdan ko‘plab mehmonlar ishtirok etmoqda.
Festival doirasida ko‘plab madaniy-maʼrifiy, ko‘ngilochar va xalqaro tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, bu yil festivalda Ginnesning rekordlar kitobi talablariga muvofiq eng ko‘p gul ekish tashabbusi amalga oshirilmoqda va bu jarayon xalqaro kuzatuvchilar tomonidan nazorat qilinmoqda.
65-Xalqaro gullar festivali 12-iyulga qadar davom etadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi














