Namangandagi futbol turnirida xorijdagi vatandoshlar birlashdi

Iyun 09, 2026. 17:55 • 2 daq

72
Namangandagi futbol turnirida xorijdagi vatandoshlar birlashdi
Namangandagi futbol turnirida xorijdagi vatandoshlar birlashdi
Namangandagi futbol turnirida xorijdagi vatandoshlar birlashdi
Namangandagi futbol turnirida xorijdagi vatandoshlar birlashdi

NAMANGAN, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan vatandoshlar ishtirokida “Vatandoshlar futbol kubogi – 2026” musobaqasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Namanganda Xalqaro gullar festivali doirasida tashkil etilgan mazkur sport tadbiri Namangan viloyati hokimligi, “Vatandosh” jamoat fondi hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamkorligida bo‘lib o‘tdi.

Turnirda Namangan viloyati terma jamoasi va faxriy futbolchilar bilan bir qatorda Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston hamda Turkiyadan tashrif buyurgan jami 8 ta jamoa o‘zaro bellashdi. Musobaqa nafaqat sport bahsi, balki turli mamlakatlarda yashab mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklarni birlashtiruvchi muhim maydonga aylandi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, turnirdan ko‘zlangan asosiy maqsad xorijdagi vatandoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning o‘zaro jipsligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda madaniy-gumanitar aloqalarni yanada rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining tarixda ilk bor futbol bo‘yicha jahon chempionatida ishtirok etishi arafasida o‘tkazilgan mazkur turnir Vatan bilan faxrlanish, milliy birdamlik va hamjihatlik ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qildi. 

Shu bilan birga, tadbir xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan aloqalarni mustahkamlash va ularning mamlakat hayotidagi ishtirokini kengaytirish uchun ham muhim imkoniyat yaratdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalar tantanali ravishda taqdirlandi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan jamoalarga kuboklar, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish