Berlinda “Xalqaro vatandoshlar biznes marafoni” bo‘lib o‘tdi

May 24, 2026. 09:10 • 2 daq

225

BERLIN, 24-may. /“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasida ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz ishtirokida “Xalqaro vatandoshlar biznes marafoni” tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Yoshlar — kelajagimiz” jamg‘armasi va “Vatandoshlar” jamoat fondi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Germaniyaning yetakchi kompaniyalarida faoliyat yuritayotgan va nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan 300 dan ortiq faol hamyurtlarimiz ishtirok etdi.

Marafonning ochilishida O‘zbekiston elchisi Dilshod Axatov, Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattorov va “Vatandoshlar” jamoat fondi raisi Odiljon Sattarov so‘zga chiqib, davlatimiz tomonidan xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar haqida so‘z yuritdilar.

Ta’kidlanganidek, ushbu loyiha xorijdagi vatandoshlarni yagona muloqot maydonida birlashtirish, yoshlar orasida tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda vatanimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi innovatsion va amaliy g‘oyalarni shakllantirishda muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.

Anjuman doirasida dunyoga mashhur “Tesla”, “Mercedes-Benz”, “GP Papenburg”kompaniyalarida va “Asklepios Fachkliniken Brandenburg” tibbiyot markazida faoliyat yuritayotgan o‘zbekistonlik yuqori malakali mutaxassislar, muhandis va dasturchilar o‘z xalqaro tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuvda O‘zbekiston iqtisodiyotini, xususan, “yashil” texnologiyalar, raqamlashtirish va zamonaviy tibbiyot sohalarini yuksaltirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar ilgari surildi.

Shuningdek, tadbir doirasida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan nemis tilida nashr etilgan “Buyuklar haqida 100 ta dalil” kitobining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Marafon qatnashchilari, xususan, “Nihol” o‘zbek-olmon jamiyati raisi Nurbek Po‘latov va “KS Dienstleistungs GmbH” kompaniyasi rahbari Xudoyorxon Saidakbarov mazkur tadbirning yuqori saviyada tashkil etilganini qayd etib, ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdilar.

Ishtirokchilar bu kabi uchrashuvlar Germaniyadagi o‘zbek biznes hamjamiyati o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlashini hamda orttirilgan bilim va xalqaro tajribani O‘zbekiston ravnaqi yo‘lida safarbar etishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish