O‘zbekiston va O‘mon ijtimoiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytiradi

Iyun 09, 2026. 12:55 • 53 soniya

80
O‘zbekiston va O‘mon ijtimoiy sohadagi hamkorlikni yanada kengaytiradi

MASKAT, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Abdusalom Xatamov O‘mon Ijtimoiy rivojlanish vaziri Laylo an-Najjor bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri. 

Muloqot davomida ikki davlat o‘rtasida aholini ijtimoiy himoya qilish, ko‘makka ehtiyojmand qatlamlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ayollar va bolalarni ijtimoiy muhofaza qilish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. 

Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlarda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘mon tomoni bilan ijtimoiy sohada yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba almashishni faollashtirish, o‘zaro amaliy tashriflarni uyushtirish hamda qo‘shma malaka oshirish dasturlarini tashkil etish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish