Logo

Avstriyada o‘zbek mutaxassislari uchun yangi ish o‘rinlari muhokama qilindi

May 08, 2026. 16:56 • 2 daq

151
Avstriyada o‘zbek mutaxassislari uchun yangi ish o‘rinlari muhokama qilindi

VENA, 10-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriyaning Burgenland federal o‘lkasi Qishloq xo‘jaligi palatasi prezidenti Nikolaus Berlakovich hamda “LANSKY, GANZGER, GOETH + Partner” (LGP) xalqaro yuridik firmasi vakili Klaus Vyolfer bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Suhbat chog‘ida Avstriya qishloq xo‘jaligi sohasiga O‘zbekistondan malakali ishchilarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi. Ayniqsa, meva-sabzavotchilik, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va vinochilik sohalarida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Nikolaus Berlakovich Avstriya O‘zbekiston bilan bu yo‘nalishda amaliy hamkorlikni kengaytirishga qiziqish bildirganini taʼkidladi. Shuningdek, u O‘zbekistonda sut mahsulotlari ishlab chiqarish tajribasi, xususan, Avstriyadan keltirilgan qoramollarni parvarishlash va ko‘paytirish usullarini o‘rganish istagini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar agrar sohada hamkorlikni yana-da rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash va ularni Avstriya qishloq xo‘jaligi tarmoqlariga jalb etish bo‘yicha muloqotni davom ettirishga kelishib oldi.

Default Avatar

Material muallifi

Xo‘jabek Nematilloxonov

dunyo@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish