Minskda mehnat migratsiyasi va inson kapitali sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Iyun 09, 2026. 20:42 • 1 daq
• 92
MINSK, 9-iyun. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston delegatsiyasining Minskka tashrifi doirasida Belarus Prezidenti ishlar boshqarmsi, Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “BelSN” respublika ish beruvchilar uyushmasi hamda yirik korxona va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Muzokaralar davomida mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi mexanizmlarini takomillashtirish, malakali kadrlar tayyorlash va ishga joylashtirish, mehnat muhojirlarining huquq va manfaatlarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Tashrif doirasida “O‘zbekiston inson kapitali” forumi ham tashkil etildi. Tadbirda davlat idoralari, ish beruvchilar, biznes va ekspert doiralari vakillari ishtirok etdi.
Ishtirokchilarga O‘zbekistonning mehnat resurslari salohiyati, mamlakatimizda kadrlar tayyorlash tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Belarus iqtisodiyoti ehtiyojlari uchun malakali mutaxassislarni tayyorlash va jalb etish imkoniyatlari namoyish qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi