Guliston davlat universiteti o‘qituvchilari Turkiyaning Balikesir universitetida tajriba oshirdi
May 03, 2026. 10:30 • 2 daq
• 264
ANQARA, 5-may. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik doirasida Guliston davlat universiteti (GulDU)ning bir guruh o‘qituvchilari Balikesir universiteti (BAÜN)da tajriba oshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Tashrif doirasida BAÜN rektori professor Yujel O‘g‘urlu bilan fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Rektor O‘zbekiston oliy taʼlim muassasalari bilan akademik hamkorlikka alohida ahamiyat qaratilganini taʼkidlab, GulDU delegatsiyasining hamkorlikni mustahkamlovchi tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirdi.
GulDU delegatsiyasi safar davomida Balikesir universitetining Sanʼat va fanlar, Iqtisodiyot va maʼmuriy fanlar hamda Tibbiyot fakultetlarida turli ilmiy-amaliy tadbirlarda ishtirok etdi. Uchrashuvlarda qo‘shma tadqiqot loyihalarini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish borasida fikr-mulohaza almashildi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida oliy taʼlim sohasidagi hamkorlik, akademik almashinuv dasturlari va qo‘shma loyihalar soni ortib bormoqda. Bu jarayonda Balikesir universiteti ham O‘zbekistonning qator oliy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik o‘rnatib, muhim hissa qo‘shib kelmoqda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
Barchasi