Rubob yasash va chalish san'ati YUNESKO tomonidan Insoniyat nomoddiy madaniy meros Reprezentativ ro'yxatiga kiritildi
Dekabr 05, 2024. 09:24 • 58 soniya
• 518
ASUNSYON, 5-dekabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 2-7-dekabr kunlari Paragvay poytaxtida YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo'yicha hukumatlararo qo'mitasining 19-sessiyasi bo'lib o'tmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AА muxbiri.

4-dekabr kuni Hukumatlararo qo'mita yig'ilishida O'zbekiston tashabbusi bilan Markaziy Osiyo mintaqasining boshqa davlatlari bilan birgalikda "Rubob yasash va chalish san'ati" nominatsiyasi barcha a'zo mamlakatlarning bir ovozdan roziligi bilan Insoniyat nomoddiy madaniy merosining Reprezentativ ro'yxatiga kiritildi.
Qo'mita qarorida rubob Markaziy, Janubiy va Janubiy-G'arbiy Osiyodagi eng qadimiy cholg'u asboblaridan biri ekanligi qayd etildi.
Shuningdek, rubob Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarini birlashtiruvchi omil ekanligi ta'kidlandi. U madaniy va ijtimoiy hamjihatlikni rag'batlantiradi va madaniy almashinuv hamda birdamlikni mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi.
Bu san'at turining ham sifatli ta'lim, gender tengligi, inklyuziv iqtisodiy va barqaror rivojlanishga hissa qo'shishi mamnuniyat bilan qabul qilindi.
Qo'mita tashabbuskor mamlakatlarda rubob yasash va chalish san'atini milliy va xalqaro miqyosda asrab-avaylash, targ'ib qilish va yana-da ommalashtirish bo'yicha ko'rilayotgan hamda rejalashtirilgan amaliy chora-tadbirlarni yuqori baholadi.
Rubob yasash va chalish san'ati O'zbekiston tashabbusi bilan YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy meros Reprezentativ ro'yxatiga kiritilgan 16-elementi bo'ldi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi