Tailand O'zbekiston fuqarolari uchun rasman vizasiz rejimni joriy qildi
Iyul 16, 2024. 12:41 • 2 daq
• 5122
BANGKOK, 16-iyul. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 15-iyul kunidan e'tiboran Tailand hukumati 93 davlat, jumladan O'zbekiston fuqarolari uchun, 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko'ra, muqaddam Tailandga fuqarolari vizasiz kirishi mumkin bo'lgan davlatlar soni 57 ta edi. Ro'yxatga yangi kiritilgan 36 ta davlat qatorida Xitoy, Hindiston, Qozog'iston va O'zbekiston ham bor.
Yangi tartib barcha chegara postlari orqali Tailandga tashrif buyuruvchilar uchun amal qiladi.
O'z navbatida, mazkur tartib Tailand hukumati tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida bir tomonlama joriy etildi va ma'lum muddatdan so'ng bekor qilinishi ham mumkin.
Tailand TIV ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston va Tailand o'rtasida o'zaro vizadan ozod qilish bo'yicha ishlab chiqilayotgan hukumatlararo kelishuvlar yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.
15-iyulga qadar O'zbekiston fuqarolari aeroportga kelganlarida 60 AQSh dollari evaziga 15 kunlik turistik viza olishlari mumkin edi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari AQSH delegatsiyasi bilan uchrashdi

O'zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari Diplomatik pasport egalari uchun vizalarni bekor qilish to'g'risidagi bitimni imzoladilar

O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari va Jazoir elchisi joriy yilda turli darajadagi ikki tomonlama tadbirlarni o'tkazish rejalarini muhokama qildilar

O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Qirg'iziston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
