O'zbekiston va Beliz o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi
Mart 07, 2024. 11:38 • 38 soniya
• 2183
NYU-YORK, 7-mart. /"Dunyo" AA/. Kecha Nyu-York shahrida O'zbekiston va Beliz o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risida Qo'shma kommyunike imzolandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Ikki davlat hukumatlari nomidan hujjatni O'zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug'bek Lapasov va Belizning BMTdagi doimiy vakili Karlos Fuller imzoladi.
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan idoralari doirasidagi hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorlik bildirdilar.
Ikki tomonlama hamkorlikning o'zaro manfaatli yo'nalishlarini aniqlash uchun o'zaro aloqalarni faollashtirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Shu tariqa, Markaziy Amerikada joylashgan Beliz O'zbekiston bilan diplomatik aloqalar o'rnatgan 147-davlat bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 5-mart kuni Nyu-York shahrida O'zbekiston Respublikasi va Lixtenshteyn Knyazligi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatish to'g'risidagi Qo'shma kommyunike imzolangan edi. Lixtenshteyn O'zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o'rnatgan 146-davlat sanaladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi