Ukraina OAV: O'zbekiston Markaziy Osiyoda xalqaro avtosport turlarini rivojlantirish bo'yicha istiqbolli markaz sifatida namoyon bo'lmoqda
Oktabr 19, 2025. 13:09 • 58 soniya
• 131
KIYEV, 21-oktyabr. /"Dunyo" AA/. Ukrainaning ommabop "Open4business" va "Fixygen" nashrlarida "O'zbekiston "Formula-1" bosqichini o'tkazishga qiziqish bildirmoqda" sarlavhali maqolalar e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Maqolalarda britaniyalik taniqli jurnalist va avtosport tahlilchisi, 1980-yillardan beri "Formula-1" chempionatini yoritib kelayotgan Jo Sovard ma'lumotiga tayanib O'zbekiston o'z hududida "Formula-1" poygalari bosqichini o'tkazishga qiziqish bildirishi mumkinligi xabar qilingan.
"Jo Sovard ta'kidiga ko'ra, O'zbekiston o'zini Markaziy Osiyoda xalqaro avtosport tadbirlarini rivojlantirish uchun istiqbolli markaz sifatida ko'rsatmoqda. Bu tashabbus Toshkentning infratuzilmani modernizatsiya qilish va sport orqali mamlakatning xalqaro imijini mustahkamlashga qaratilgan strategik yo'nalishiga mos keladi", – deyilgan materilada.
Sport sohasi O'zbekiston hayotida tobora muhim rol o'ynamoqda. Yaqinda futbol bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Ushbu olamshumul yutuq mamlakatda ommaviy va professional sportni rivojlantirishga muhim turtki bo'ldi.
"Respublika hukumati avtosportni rivojlantirishga ham yuqori qiziqish bildirmoqda. Xususan, O'zbekiston joriy yil dekabr oyida Toshkentda FIA Bosh assambleyasini o'tkazishni o'z zimmasiga olmoqchi. Bunday tashabbuslar nafaqat sport, balki mintaqaning iqtisodiy taraqqiyotiga ham hissa qo'shadi", – deya qayd etilgan materialda.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Doha forumi doirasida Termiz muloqotining strategik ahamiyati taqdim etildi
Nukus va Samarqand YUNESKOning Global taʼlim shaharlari tarmog‘iga qo‘shildi