Birinchi O'zbekiston-Slovakiya konsullik maslahatlashuvlarida viza tartibini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi, tegishli ma'lumotlar almashinuvi masalalari muhokama qilindi
Oktabr 13, 2025. 21:53 • 43 soniya
• 420
BRATISLAVA, 13-oktabr. /"Dunyo" AA/. Bratislava shahrida O'zbekiston va Slovakiya Tashqi ishlar vazirliklari o'rtasida birinchi konsullik maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
TIV ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida viza rasmiylashtirish tartiblarini soddalashtirish, mehnat migratsiyasi va konsullik ma'lumotlarini almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Slovakiya tomoni milliy vizalarni olish tartibini soddalashtirish, xususan, arizalarni ko'rib chiqish muddatini uch oydan bir oygacha qisqartirish imkoniyatini ko'rib chiqishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, tomonlar Slovakiya Migratsiya masalalari agentligini "Volvo" zavodida mehnat qilish uchun O'zbekistondan ishchi muhojirlarni jalb etish istiqbollari hamda ular uchun slovakiya tilini o'rgatish bo'yicha kurslar tashkil etish rejalari haqida xabardor etishga kelishib oldilar.
Shuningdek, tegishli davlat idoralari mehnat migratsiyasini tartibga solish, migratsiya va mobillik, shuningdek, readmissiya masalalari bo'yicha ikki tomonlama kelishuvlar ustida ish olib borishadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi