Logo

O'zbekistonning AQSHdagi elchisi o'rindoshlik asosida mamlakatimizning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

Noyabr 09, 2023. 08:18 • 46 soniya

1074
O'zbekistonning AQSHdagi elchisi o'rindoshlik asosida mamlakatimizning Kanadadagi elchisi etib tayinlandi

TOSHKЕNT, 9-noyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning AQSHdagi elchisi Furqat Sidiqov o'rindoshlik asosida mamlakatimizning Kanadadagi (qarorgohi Vashingtonda) elchisi etib tayinlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» muxbiri.

Eslatib o'tamiz, Furqat Sidiqov may oyida O'zbekistonning AQSHdagi elchisi sifatida Prezident Jo Baydenga  ishonch yorliqlarini  topshirgan edi. Shuningdek, u oktyabr oyida O'zbekistonning Braziliyadagi elchisi (qarorgohi Vashingtonda) etib tayinlanganligi to'g'risidagi ishonch yorlig'i nusxasini topshirgan.

Avval O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari lavozimida ishlagan Furqat Sidiqov  52 yoshda. U 1993-yilda Toshkent davlat texnika universitetini  tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida «O'zDeuElektroniks» QK, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti ishlagan. 2002-yildan beri TIV tizimida turli  lavozimlarda  faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Xususan,  O'zbekistonning AQSHdagi elchixonasida, Pokistondagi elchi, vazirning o'rinbosari va birinchi o'rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Furqat Sidiqov  2017-2023-yillarda O'zbekistonning AQSH, shuningdek, o'rindoshlik asosida  Kanada va Braziliyadagi elchisi bo'lib ishlagan Javlon Vaxobov o'rniga tayinlangan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish