Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va YUNIDO bosh direktor o‘rinbosari hamkorlik bo‘yicha bazaviy bitimni tayyorlash va imzolash masalalarini muhokama qildilar

Dekabr 06, 2025. 11:46 • 2 daq

301
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi va YUNIDO bosh direktor o‘rinbosari hamkorlik bo‘yicha bazaviy bitimni tayyorlash va imzolash masalalarini muhokama qildilar

TOSHKENT, 6-dekabr. /“DunyoAA/. Joriy yilning 4 dekabr kuni Vena shahrida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova YUNIDOning Global sherikliklar va tashqi aloqalar direksiyasining boshqaruvchi direktori, bosh direktor o‘rinbosari Fatu Xaydara boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, muzokaralar davomida tomonlar hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlari va strategik sheriklikning kelgusi istiqbollarini muhokama qildilar. Uchrashuvda hamkorlik bo‘yicha bazaviy bitimni tayyorlash va imzolash masalalari, shuningdek, mintaqaning innovatsion va ekologik salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan Yashil texnologiyalar bo‘yicha Mintaqaviy xab tashkil etish tashabbusi ko‘rib chiqildi.

TomonlarYUNIDOBoshdirektoriningO‘zbekistongatashrifihamdatashkilotningmamlakatdarasmiyofisiniochishshartlariyuzasidanhamfikralmashdilar. Shuningdek, farmatsevtika, standartlashtirish, elektrotexnika va boshqa ustuvor sohalarda sanoat rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish