Logo

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi “Markaziy Osiyo: Strukturaviy qiyinchiliklardan hamkorlik imkoniyatlarigacha” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi

Dekabr 06, 2025. 12:43 • 2 daq

326
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi “Markaziy Osiyo: Strukturaviy qiyinchiliklardan hamkorlik imkoniyatlarigacha” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi

TOSHKENT, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. Joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Vena shahrida “Markaziy Osiyo: Strukturaviy qiyinchiliklardan hamkorlik imkoniyatlarigacha” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, tadbirda 12 nafar yetakchi ekspert va tahliliy doiralar vakillari ishtirok etdi. Davra suhbati Markaziy Osiyoga eʼtibor qaratgan holda siyosiy va iqtisodiy masalalarga ixtisoslashgan Global Neighbors direktori o‘rinbosari Aleksey Ksenofontov boshchiligida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar Markaziy Osiyo oldida turgan asosiy transchegaraviy muammolarni muhokama qildilar va ushbu muammolarni mintaqa uchun yangi sarmoyaviy imkoniyatlarga aylantirish bo‘yicha takliflarni taqdim etdilar.

Tadbirekspertlaro‘rtasidafikralmashishvamintaqalararohamkorliknimustahkamlashgaqaratilgantashabbuslarniishlabchiqishuchunmuhimmaydongaaylandi.

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Zilola Ahmedova

zilola@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish