O'zbekiston va Saudiya Arabistoni mamlakatimiz aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohligi va stentlar o'rnatish loyihasini amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishdi
Mart 20, 2024. 15:21 • 33 soniya
• 236
TOSHKENT, 20-mart. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari Bahromjon A'loyev Saudiya Arabistoniga tashrifi doirasida kecha Ar-Riyod shahrida Podshoh Salmon insonparvarlik va gumanitar yordam markazi rahbari Abdulla ar-Robiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, markazning O'zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish va sog'liqni saqlash sohalarida amalga oshirilayotgan dasturlardagi ishtiroki yuzasidan fikr almashildi. Xususan, O'zbekiston aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun ochiq yurak jarrohligi va stentlar o'rnatish bo'yicha qiymati 3 million dollarlik loyihani amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi