O'zbekistonning yangi elchisi Berlinga keldi
Sentabr 27, 2023. 19:28 • 31 soniya
• 7841
TOSHKENT, 27-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Germaniyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Dilshod Axatov Berlin shahriga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

2020–2023-yillarda u O'zbekistonning Hindistondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan. Dilshod Axatov 51 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutini tamomlagan.
Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, boshqarma va Bosh boshqarma boshlig'i, tashqi ishlar vaziri o'rinbosarigacha bo'lgan bosqichlarni bosib o'tgan. 2010-2013-yillarda Germaniya elchi hamda Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada o'rindoshlik asosida elchi bo'lgan.
Dilshod Axatov 2017-2023-yillarda Berlindagi elchi lavozimida ishlagan Nabijon Qosimov o'rnini egalladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi