O'zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli o'z vazifasini bajarishga kirishdi
Noyabr 27, 2023. 09:43 • 2 daq
• 7653
Nyu-York, 27-noyabr. /«Dunyo» AA/. O'zbekistonning Nyu-Yorkda yangi tayinlangan bosh konsuli Jamil Sharapov o'z vazifasini bajarishga kirishdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Jamil Sharapov shu kunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o'rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Diplomat 42 yoshda. Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (hozirgi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti) tamomlagan. Nyu-Yorkka tayinlanishidan oldin Tashqi ishlar vazirligi, O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida turli lavozimlarda ishlagan.
Jamil Sharapov 2018-2023-yillarda Nyu-Yorkdagi Bosh konsullikni boshqargan Kamol Ikromov o'rniga tayinlandi.
Bosh konsullikning konsullik okrugiga AQShning quyidagi shtatlari va ma’muriy hududlari kiradi: Aydaxo, Ayova, Alyaska, Arizona, Vayoming, Vashington, Vermont, Virjiniya orollari, Viskonsin, Gavayi, Illinoys, Indiana, Kaliforniya, Kanzas, Konnektikut, Massachusets, Minnesota, Missuri, Michigan, Montana, Men, Nebraska, Nevada, Nyu-Gempshir, Nyu-Jersi, Nyu-York, Nyu-Meksiko, Ogayo, Oregon, Pensilvaniya, Puerto-Riko, Rod-Aylend, Shimoliy Dakota, Janubiy Dakota, Yuta, shuningdek, Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari (Kuba va Braziliyadan tashqari – ushbu davlatlar O'zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi konsullik okrugiga kiradi).
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid

Avstraliya O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yaxlit mintaqaviy pozitsiyani ishlab chiqish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholaydi



