O'zbekiston fuqarolarini Koreya Respublikasida mavsumiy mehnat ishlarida ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilish bo'yicha kelishuvga erishildi
Sentabr 25, 2025. 21:04 • 44 soniya
• 550
TOSHKENT, 25-sentyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Olimjon Abdullayev boshchiligidagi delegatsiyasi kecha Janubiy Koreyaga tashkil etilgan amaliy tashrif doirasida Koreya Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari, Koreya immigratsiya xizmati komissari Kim Jong Do bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

TIV ma'lumotiga ko'ra, uchrashuv chog'ida hamkorlikning dolzarb yo'nalishlari, jumladan, O'zbekiston fuqarolarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, malakalarni o'zaro tan olish va kasb-hunar ta'limini rivojlantirish, noqonuniy migratsiyani qisqartirish, shuningdek, odam savdosi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida O'zbekiston Respublikasi fuqarolarini Koreya Respublikasida mavsumiy mehnat ishlarida (Ye-8) ishtirok etish dasturiga qayta jalb qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.
Noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish, mehnat migrantlari uchun sharoitlar yaratish va hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida muntazam videokonferensaloqa o'tkazish uchun ishchi guruh tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi