"Независимая газета": Barqaror rivojlanish sohasidagi O'zbekiston-BAA muloqoti faqat energetika jabhasidagi sheriklik bilan chegaralanib qolmagan
Yanvar 15, 2025. 12:34 • 2 daq
• 179
MOSKVA, 17-yanvar. /"Dunyo" AA/. Rossiyaning yetakchi nashrlaridan biri – "Независимая газета"da siyosiy sharhlovchi Viktoriya Panfilovaning "Toshkent va Abu-Dabi munosabatlarini strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqda" sarlavhali maqolasi e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallifga ko'ra, O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) tashrif buyurib, respublikada "yashil" iqtisodiyot, energetika, infratuzilmani rivojlantirish va sun'iy intellektni joriy etish sohalariga investitsiya va texnologiyalarni jalb qilish masalalarini muhokama qildi.
Qayd etilishicha, BAA Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon va ushbu mamlakatning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan bo'lib o'tgan uchrashuvlar, shuningdek, "Abu-Dabi Barqaror rivojlanish haftaligi" (ADSW-2025) sammitida ishtirok etish O'zbekiston BAA bilan iqtisodiy aloqalarini yanada jadallashtiradi.
Muallifning yozishicha, O'zbekiston va BAA o'rtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yilda o'rnatilgan. Biroq hamkorlikning jadal rivojlanishi 2019-yilda O'zbekiston Prezidentining Abu-Dabiga tashrifidan so'ng boshlangan. "O'shanda imzolangan hujjatlar iqtisodiyot, investitsiya va innovatsiya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga zamin yaratdi va BAA kompaniyalari ishtirokida 20 milliard AQSh dollarlik loyihalar portfeliga erishildi", – deyilgan nashrda.
Maqola yakunida, "Barqaror rivojlanish sohasidagi O'zbekiston-BAA muloqoti faqat energetika sohasi bilan chegaralanib qolmagan. Mamlakatlar iqlim o'zgarishi, cho'llanishga qarshi kurashish, suv resurslarini saqlash bo'yicha tajriba almashmoqda va qo'shma loyihalarni amalga oshirmoqda. Suvdan samarali foydalanishga alohida e'tibor qaratilyapti", – deb yozilgan.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Oʻzbekiston delegatsiyasi ayollar muloqoti forumida ishtirok etdi
"Europa Press": Ispaniya va O'zbekiston qishloq xo'jaligi sohasida memorandum imzoladi
O'zbek milliy qadriyatlari "Charity Bazaar" xayriya festivalida e'tirof etildi