Logo

Qohira shahrida O'zbekiston mahsulotlarini Misrning yirik savdo tarmoqlarida joylashtirish istiqbollari muhokama qilindi

Fevral 23, 2024. 09:59 • 41 soniya

320
Qohira shahrida O'zbekiston mahsulotlarini Misrning yirik savdo tarmoqlarida joylashtirish istiqbollari muhokama qilindi

QOHIRA, 23-fevral. /«Dunyo AA»/. O'zbekiston diplomatlari Misrdagi yirik "HyperOne" gipermarketi rahbari Muhammad al-Havariy bilan uchrashuv o'tkazishdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida O'zbekistondan Misrga eksport hajmini oshirish, investitsiyaviy hamkorlikni kuchaytirish va o'zbek mahsulotlarini "HyperOne" gipermarketi rastalari orqali sotish masalalari muhokama qilindi.

Misr tomoni mahalliy aholini jalb qilishi mumkin bo'lgan o'zbek tovarlari, xususan kiyim-kechak, quritilgan mevalar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini O'zbekistondan sotib olishga tayyorligini bildirdi. Buning uchun, gipermarket hududida «O'zbekiston mahsulotlari haftaligi»ni tashkil etish taklifi ilgari surildi. Ta'kidlanishicha, bu kabi amaliyot ilgari boshqa mamlakatlar misolida tajribadan o'tkazilgan.

Shuningdek, tomonlar "HyperOne" hududida o'zbek nonlarini pishirish va sotishga ham e'tibor qaratdilar.

"HyperOne" Misrdagi eng yirik gipermarket tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mazkur savdo tarmog'i 2023-yil davomida 72 million xaridorga xizmat ko'rsatgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish