Logo

Malayziyaning yirik korporatsiyasi O'zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi

Fevral 21, 2025. 07:23 • 52 soniya

195
Malayziyaning yirik korporatsiyasi O'zbekistonda maxsus sanoat zonasini tashkil qiladi

KUALA-LUMPUR, 21 fevral. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasida "MMC Corporation" korporatsiyasining Strategiya va investitsiya masalalari bo'yicha direktori Najib Ramli bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Najib Ramli korporatsiya bosh direktori Che Xalibning shu yil 5-fevral kuni Kuala-Lumpurda o'tkazilgan oliy darajadagi O'zbekiston-Malayziya biznes-forumi yakunida davlatimiz rahbari bilan muloqoti respublikada aniq loyihalarni amalga oshirish uchun muhim turtki bo'lganligini ma'lum qildi.

Jumladan, korporatsiya respublikada O'zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etish va boshqarishni rejalashtirmoqda.

Malayziya tomoniga O'zbekiston-Malayziya sanoat zonasini joylashtirish uchun yer maydoni va uning birlamchi infratuzilma bilan ta'minlanganlik holati to'g'risida taqdimot qilindi.

Shuningdek, mamlakatimizdagi maxsus sanoat zonalari turlari, ularda investorlar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Korporatsiya vakili O'zbekiston-Malayziya sanoat zonasini tashkil etish imkoniyatlarini batafsil o'rganish uchun yaqin kunlarda mutaxassislardan iborat ishchi guruhni O'zbekistonga tashrif buyurishni ma'lum qildi.

"MMC Corporation" 1911-yilda tashkil etilgan. Bugungi kunida mazkur korporatsiya portlar va logistika, energetika, qurilish va muhandislik, sanoat industrial rivojlanish sohalariga ixtisoslashgan bir qancha korxonalarni birlashtiradi.  

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish