BAA kompaniyasi O'zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini reeksport qilish taklifini bildirmoqda
Oktabr 10, 2024. 11:44 • 1 daq
• 244
ABU-DABI, 10-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Abdulaziz Aqqulov Birlashgan Arab Amirliklaridagi "OneRoad Group" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Chenling Jang bilan muzokara o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Uchrashuv avvalida O'zbekistonda investitsiya muhitini yaxshilash, soliq yukini kamaytirish, bojxona to'lovlarini yengillashtirish va investorlar huquqlarini qonunchilik bilan himoya qilish bo'yicha islohotlar, 2030-yilga qadar davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar dasturi to'g'risida taqdimot o'tkazildi.
"OneRoad Group" kompaniyasi vakiliga Samarqand shahrida jamoat transportini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etish va qishloq xo'jaligi tarmog'ida hamkorlik qilish bo'yicha takliflar bildirildi.
Amirliklar tomoni o'z navbatida, O'zbekiston iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan o'zgarish va keng ko'lamli islohotlarni kuzatib borayotganini hamda mamlakatimiz bozorida istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishga qiziqish mavjudligini ta'kidladi.
Xususan, Chenling Jang O'zbekistonda yetishtirilgan qishloq xo'jaligi mahsulotlarini import qilib, ularni qayta ishlagan holda reeksport qilish mumkinligi ma'lum qildi.
Tomonlar ushbu yo'nalishdagi ishlarni boshlash maqsadida mazkur kompaniya va O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi vakillari o'rtasida alohida uchrashuv tashkil etish to'g'risida kelishib oldilar.
Muzokaralar yakunida "OneRoad Group" kompaniyasi bosh ijrochi direktoriga yurtimiz imkoniyatlari to'g'risida batafsil ma'lumotlarga ega bo'lish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida joriy yil 13-16-oktabr kunlari Toshkentda o'tkazilishi rejalashtirilgan "O'zbekiston – BAA" biznes-forumida ishtirok etish taklifi bildirildi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi