Rossiyaning Xakasiya Respublikasida O'zbekiston meva-sabzavotlarini qabul qiladigan transport-logistika markazi tashkil etilishi mumkin
Avgust 20, 2025. 07:27 • 2 daq
• 76
ABAKAN, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi bosh konsuli Aslam Akbarov Xakasiya rahbarining o'rinbosari – respublika hukumati raisi Mixail Pobizakov boshchiligidagi Xakasiya hukumatining kengaytirilgan yig'ilishida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Xakasiya rahbari o'rinbosari – hukumat raisi Mixail Pobizakov yig'ilish avvalida O'zbekiston bilan ko'p qirrali hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta'kidladi.
"O'zbekiston bugungi kunda Xakasiya bilan tovar ayirboshlash bo'yicha MDH davlatlari orasida birinchi o'rinda turadi. Joriy yil birinchi yarim yilligi yakuniga ko'ra, O'zbekiston bilan o'zaro savdo hajmi 22 million dollarni tashkil etdi", – dedi u.
Muzokaralarning asosiy mavzusi qishloq xo'jaligi va chorvachilik, madaniyat, ta'lim va turizm sohalarida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish bo'ldi.
Bosh konsul Aslam Akbarov O'zbekistondan Xakasiyaga qishloq xo'jaligi mahsulotlarini, shuningdek, Rossiyaning ushbu viloyatidan O'zbekistonga chorva mollarini yetkazib berishni ko'paytirish masalasiga alohida e'tibor qaratdi.
Rossiya tomoni hududda mamlakatimizdan yetkazib berilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini ko'paytirish maqsadida Xakasiyada kuniga 30-40 tagacha yuk mashinasida O'zbekiston meva-sabzavotlarini qabul qila oladigan transport-logistika markazini tashkil etish taklifini to'liq qo'llab-quvvatladi.
Uchrashuvda mehnat migratsiyasi yo'nalishidagi hamkorlik istiqbollari ko'rib chiqildi.
Xakasiya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ittifoqi prezidenti Vladimir Sorokinning aytishicha, hozirgi kunda O'zbekistondan ishchi kuchini jalb qilish zarurati juda dolzarb.
Tomonlar shu yil kuz faslida Xakasiya tadbirkorlarining O'zbekiston hududlariga, shuningdek, Farg'ona viloyati delegatsiyasining Xakasiyaga biznes-missiyalarini uyushtirishga kelishib oldilar.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi