Polsha kompaniyasi bilan O'zbekistonda sanoat texnikalarini birgalikda ishlab chiqarish bo'yicha muzokaralar davom etmoqda
Avgust 05, 2024. 08:56 • 44 soniya
• 167
VARSHAVA, 5-avgust. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi vakillari va "O'zog'irsanoatloyiha" instituti direktori Bexzod Hazratqulovning Polshaning "FUD" kompaniyasi prezidenti Yan Kuxno bilan onlayn uchrashuvi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muzokaralarda, shuningdek, O'zbekiston diplomatlari va "Polsha-Osiyo" Savdo palatasi prezidenti Yanush Pexochinski ham ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida O'zbekiston qurilish bozoridagi vaziyat, temir yo'l va yuk tashish terminallarini qurish, ko'prikli kranlarni ishlab chiqarish uchun respublikadan mexanizatsiyalashgan konstruktiv qismlarni Polshaga eksport qilish, zamonaviy kran uskunalari va texnologiyasini transfer qilish, O'zbekistonda konstruktiv elementlarni yakuniy yig'ish imkoniyatlari muhokama qilindi.
"FUD" kompaniya 1898-yilda tashkil etilgan. U qurilish, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, tog'-kon sanoati hamda avtomobil va temir yo'l transporti tarmoqlari uchun maxsus kranlar, liftlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish va ularga xizmat ko'rsatish bilan shug'ullanadi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!
So‘nggi yangiliklar
Barchasi
Mavzuga oid
Budapeshtda ikkinchi O‘zbekiston–Vengriya hududlararo forumi bo‘lib o‘tdi
Polshadagi agentlik Toshkentda o‘z vakolatxonasini ochmoqchi
Gujranvala shahrida O‘zbekiston–Pokiston biznes-forumi bo‘lib o‘tdi