Logo

Shanxayda O'zbekiston investitsiya va savdo markazi ochildi

Oktabr 14, 2025. 18:13 • 43 soniya

227
Shanxayda O'zbekiston investitsiya va savdo markazi ochildi

SHANXAY, 17-oktyabr. /"Dunyo" AA/.  Xitoyning Shanxay shahrida O'zbekiston investitsiyalar va savdoni rivojlantirish markazining ochilish marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbirda Shanxay xalqaro savdo zonasi va Szyansu provinsiyasi, Savdo-sanoat palatasi vakillari hamda 60 dan ortiq mahalliy kompaniya rahbarlari ishtirok etdi.

Markazning asosiy vazifasi — O'zbekistonning iqtisodiy, investitsiyaviy va eksport salohiyati haqida ma'lumot berish, shuningdek, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqalarni yo'lga qo'yish uchun amaliy maydon yaratishdan iborat.

Tadbirda mamlakatimizdagi qishloq xo'jaligi, sanoat, "yashil" energetika, farmatsevtika va IT sohalaridagi imkoniyatlar hamda xorijiy investorlar uchun yaratilgan soliq va bojxona yengilliklari haqida ma'lumot taqdim etildi.

Shuningdek, O'zbekistonda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan xitoylik ishbilarmonlar o'z tajribasi va mamlakatdagi qulay biznes muhiti haqida fikr almashdilar.

Marosim yakunida ishtirokchilar istiqbolli hamkorlik loyihalarini muhokama qildilar va o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish