Logo

Varshavadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar soni ko‘paytiriladi

Dekabr 03, 2025. 11:12 • 54 soniya

125
Varshavadan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar soni ko‘paytiriladi

VARSHAVA, 3-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polshaning “LOT Polish Airlines” aviakompaniyasi prezidenti Mixal Fiyol bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Muloqot davomida aviakompaniya prezidenti O‘zbekistonning Polsha uchun tobora muhim turizm va tranzit yo‘nalishiga aylanib borayotganini taʼkidladi. 2024 yil mart oyida Elchixona ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan va hozirgi kunda haftasiga 4 marta amalga oshirilayotgan Varshava – Toshkent – Varshava yo‘nalishidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvozlar yuqori talabga ega ekani eʼtirof etildi.

2024 yil yakuni bo‘yicha mazkur yo‘nalishda 75 mingdan ortiq yo‘lovchi tashilgani Markaziy Yevropa va Polsha aviabozorida O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish tobora oshib borayotganining yaqqol dalili sifatida qayd etildi.

Uchrashuvda tomonlar ikki mamlakat aviatsiya idoralari o‘rtasidagi amaldagi bitim asosida parvozlar sonini yaqin kelajakda har kunlik rejimgacha ko‘paytirishga kelishib olindi. Shuningdek, “LOT Polish Airlines” tomonidan Samarqand shahriga yangi yo‘nalish ochish imkoniyatlari tahlil qilindi.

“Uzbekistan Airways” va “LOT Polish Airlines” o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan “Codeshare” kelishuvini imzolash, kargo tashuvlari sohasida ham sheriklikni kengaytirish masalalarini batafsil muhokama qilish maqsadida onlayn muzokaralar o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Default Avatar

Material muallifi

Dunyo1

dunyo1@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish