Logo

Andijon shahri 2026-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi

Noyabr 30, 2025. 12:28 • 2 daq

169
Andijon shahri 2026-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi
Andijon shahri 2026-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi
Andijon shahri 2026-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi
Andijon shahri 2026-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomini oldi

OQTOV, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. Turkiy madaniyat xalqaro tashkilotining yig‘ilishida ishtirok etish maqsadida O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiya Aktau shahriga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Aqtau shahrida Turkiy madaniyat xalqaro tashkiloti (TURKSOY) doimiy kengashining 42-yig‘ilishi hamda “Aqtau – 2025-yil uchun turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” loyihasining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlarda TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev, Qozog‘iston madaniyat va axborot vaziri Aida Balayeva, O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim, Oqtov shahar hokimi Abilkair Baypakov, Andijon shahar hokimi Elyorbek Karimov hamda xalqaro tashkilotlar va diplomatik missiyalar vakillari, keng jamoatchilik va madaniyat xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida shu yil Gabala shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda ilgari surilgan tashabbuslar, 2026-yilda TURKSOY faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ishchi guruh tuzish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, “Oqtov – turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” loyihasi yakunlari bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi. Muloqot yakunida TURKSOYning vaqtinchalik koordinatorligi O‘zbekiston tomoniga topshirildi hamda ishtirokchi davlatlar madaniyat vazirligi vakillari qo‘shma deklaratsiyani imzoladi.

Uchrashuvda Ozodbek Nazarbekov TURKSOY Bosh qarorgohida Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro tadbir o‘tkazish, Navoiy asarlarining yangi to‘plamini turk tilida nashr etish, Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansamblining Navoiy g‘azallari asosida tayyorlangan maxsus konsert dasturini Anqara va Turkiyaning qator shaharlarida namoyish etish, 2026-yildan boshlab “TURKSOY Ovozi” xalqaro tanlovini yo‘lga qo‘yish kabi takliflarini bildirib o‘tdi.

2026-yil uchun “Turkiy dunyoning madaniyat poytaxti” maqomi rasman Oqtov shahar hokimligi tomonidan Andijon shahri hokimiga topshirildi. Aida Balayeva O‘zbekiston xalqini ushbu sharafli maqom bilan tabriklab, Andijon Turkiy davlatlar uchun yangi madaniy markazga aylanishiga ishonch bildirdi.

Tadbir yakunida tashkil etilgan bayram konsertida O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmanistondan tashrif buyurgan 300 nafardan ortiq sanʼatkor o‘z ijod namunalarini namoyish etdi.

Default Avatar

Material muallifi

Dildora Azimova

dildora@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Адилбек Каипбергенов

editor1@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Maftuna Rajabbayeva

maftuna@dunyo.info

Default Avatar

Material muallifi

Ҳасан Мўминов

muminov@dunyo.uz

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Barcha yangiliklar va yangilanishlardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

Kanalga o‘tish